Birlashgan Arab Amirliklarida Dubay amiri va BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid al-Maktumning katta o‘g‘li Shayx Rashid bin Muhammad al-Maktumning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Khaleej Times.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni Shayx Rashid bin Muhammad al-Maktum 34 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Shu munosabat bilan BAAda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)