Rossiya prezidenti Vladimir Putin Komi Respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzer qo‘lga olinganidan xabardor bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning aytishicha, mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchini belgilash haqida buyruq hozircha yo‘q, biroq vaziyat “yaqin kunlarda” hal bo‘ladi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Komi Respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzerga nisbatan jinoiy to‘da va firibgarlik haqida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Jinoyat ishi, undan tashqari, jinoyatchilik uyushmasining yana 19 nafar rahbar va ishtirokchilariga nisbatan ochilgan.
Izoh (0)