16-sentabr, chorshanba kuni Janubiy Sudandagi Maridi shahrida benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 170 kishiga yetdi. Mahalliy ma’muriyat vakillarining ta’kidlashicha, “portlash sabablari hozirgacha aniqlanmagan”. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kasalxonalarga yotqizilganlar soni nihoyatda ko‘pligi sababli rasmiylar xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va BMT vakolatxonasi vakillariga yordam so‘rab murojaat qilgan. Mamlakatda og‘ir kuyish jarohatini olganlarni davolash uchun kerakli tibbiy jihozlarning yo‘qligi, og‘riqsizlantiruvchi dori-darmonlar yetishmasligi vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ushbu hodisada 100 dan ziyod kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)