2015-yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ali Mardoniy Fardni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida elchining O‘zbekiston—Eron muloqotini mustahkamlash va yanada kengaytirishga qo‘shgan hissasi ta’kidlandi.
Eron elchisi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)