Toshkentdagi kafelardan birining tagidan oqib o‘tgan anhorga tushib ketgan Nexia suvdan chiqarib olindi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar bermoqda.
Ilova qilingan suratda avtomobil suvdan kran yordamida tortib olinayotganini ko‘rish mumkin. Ochiq turgan haydovchi eshigidan salon ichidagi suv oqib tushmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq berilgan xabarda mashina kafening odamlar o‘tirgan ayvoni yonginasida suzib yurgani, uning haydovchi kiradigan eshigi ochiq turgani aytilgan edi.
Izoh (0)