Toshkentdagi kafelardan birining tagidan oqib o‘tgan anhorga Nexia tushib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar bermoqda.
“Qiziq…” — deya ushbu manzara aks etgan rasmlarni joylagan foydalanuvchilardan biri. Suratlarda mashina kafening odamlar o‘tirgan ayvoni yonginasida suzib yurgani, uning haydovchi kiradigan eshigi ochiq turganini ko‘rish mumkin. Atrofdagi kishilar va xo‘randalarning ba’zilari suzib yurgan Nexia’ni qiziqsinib tomosha qilmoqda.
Postga fikr bildirganlarning ko‘pchiligi voqeani hazilga burgan. Chunonchi, ulardan biri ushbu Nexia’ni ham suvda, ham quruqlikda yuruvchi universal mashina deb atagan bo‘lsa, boshqasi buni mashina yuvishning yangicha usuli deb taxmin qilgan. Ba’zilar esa mashina to‘xtash uchun bop joy topganini ta’kidlagan.
Izoh (0)