O‘zbekiston hukumati “Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim konlari guruhini obodonlashtirish” (birinchi bosqich) loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Hujjatda ta’kidlanishicha, loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, 2015—2018-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichida 77 ta loyihaviy quduq qazish, oltita maydoncha, ikkita yig‘ish punkti, eksport gazi uchun quvurlar, vaxta shaharchasi, tashqi infratuzilma obyektlari, Qandim konlar guruhining gazni qayta ishlash zavodini qurish ko‘zda tutilgan.
Hyundai Engineering Co., Ltd. kompaniyasi bilan Lukoil Uzbekistan Operating Company MChJ o‘rtasida uskunalar yetkazib berish, gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim konlari guruhini obodonlashtirish to‘g‘risida barcha ishlarni tayyor holda topshirish sharti bilan, umumiy qiymati 2,662 milliard dollarlik shartnoma tuzilgan.
Izoh (0)