Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga Ollohning elchisi, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qonining bir qismi bo‘lgan qon quyilganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda u “VKontakte”dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Sizlar bilan katta quvonchni baham ko‘rmoqchiman! Menikiga juda muhtaram kishilar Olloh Elchisi (s.a.v.)ning avlodi, butun dunyoda hurmatli shayx Habib Ali Jifriy va Itum-Kalinskiy tumani oqsoqoli Said Salim Adagov mehmon bo‘lib keldi. E’tiqodi kuchliligi, imoni tozaligi, Qur’on qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ularning ikkalasi ham Ollohga yaqin kishilardir. Mehmonlar Islom haqida ko‘plab qiziqarli va qimmatli narsalar so‘zlab berdi. Shayx Ali Jifriy menga Olloh Elchisi (s.a.v.)ning qoniga yaqin bo‘lgan, uning qonining bir qismi bo‘lgan qonini quydi”, — deyiladi xabarda.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u “dunyodagi eng baxtli odamga aylandi”.
Izoh (0)