O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha integratsiyalashgan ofislarni tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad — mehnat organlari tomonidan joylarda aholi bandligi va ijtimoiy muhofazasi masalalari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini tubdan oshirishdan iborat.
Bunga ijtimoiy mazmundagi va bandlikni ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha yagona oyna xizmatini tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali erishish rejalashtirilgan.
Loyihaning 2015—2016-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichida Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida ikkita dastlabki integratsiyalashgan ofislarni ochish rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik bunday idoralar faoliyati mamlakatning barcha tumanlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)