12—13-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Malayziyada ta’lim” seminari doirasida SEGI University vakillari o‘z universitetlari imkoniyati va boshqa ta’lim muassasalaridan ustunliklari haqida hikoya qiladi.
SEGI University tarixi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Systematic College ochilgan uzoq 1977-yildan boshlanadi. Oradan deyarli 40 yil o‘tib, uncha katta bo‘lmagan kollej mamlakatning eng nufuzli universitetlaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda SEGI University — bu olti kampusi butun Malayziya bo‘ylab joylashgan eng katta xususiy universitetlardan biridir. Ayni vaqtda SEGI University’da 23 mingdan ortiq talaba o‘qiydi, ularning aksariyati chet elliklardir.
Universitetning chet elliklar orasida ommabopligi shu bilan izohlanadiki, SEGI University uzoq yillar davomida sifatli oliy ta’lim beruvchi universitet sifatida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi; uning bitiruvchilari Malayziyada ham, o‘z vatanida ham ishga joylashish bo‘yicha muammolarga duch kelmaydi.
SEGI University ta’lim dasturi uchun Biznes va Tijoratdan tortib Dizayn va Axborot texnologiyalari dasturlarigacha bo‘lgan katta tanlovni taqdim etadi. Umumiy hisobda ta’lim uchun 12 ta dastur mavjud. Barcha dasturlar jahon standartlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Misol uchun, tibbiyot fakultetini bitirgan talaba butun dunyo tomonidan tan olingan xalqaro MBBS kvalifikatsiyali tibbiy yoki jarrohlik bakalavr diplomini qo‘lga kiritadi.
SEGI University College boshqa universitetlardan ustun tomonini yashirmaydi va o‘z muvaffaqiyatlaridan faxrlanadi. Masalan, ta’lim sifati standarti bo‘yicha yuqori talablar qo‘yadi, shu tufayli faoliyat yuritib kelayotgan deyarli 40 yil davomida butun jahon bo‘ylab yaxshi obro‘ga ega bo‘ldi.
Universitet dunyoning yetakchi universitetlari, jumladan, Buyuk Britaniyaning University of Greenwich, AQShning Upper Iowa University, Avstraliyaning University of Southern Queensland va boshqalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Universitetning maxsus bo‘limi hisoblangan Karyerani rivojlantirish markazi talabalarga ish jarayoniga kirishish, amaliy bilimlar olish va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi. Yuzlab kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik esa talabalarga OTMni bitirgandan keyin tajriba oshirish uchun ajoyib sharoitlarni taqdim etadi.
Zamonaviy jihozlar, laboratoriyalar, kutubxonalar, dam olish xonalari, tennis kortlari, trenajyor zallari va boshqa ko‘plab qulayliklar o‘quv jarayoniga to‘liq sho‘ng‘ishga, shu bilan birga hech qachon charchoq bilmaslikka imkon yaratadi.
SEGI University malakali o‘qituvchilar tarkibi bilan mashhur. Ko‘plab o‘qituvchilar oliy toifali darajaga ega, ular ham Malayziyada, ham uning tashqarisida tajriba oshirgan.
Qiziquvchi yoshlar uchun ITE Group kompaniyasi SEGI University to‘g‘risida tanishtiruv seminarlarini o‘tkazadi. Tadbirlar Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida 12—13-sentabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Seminarda SEGI University vakillari ishtirok etib, sizni qiziqtirgan savollarga javob beradi.Seminarlarga kirish bepul.
Biz bilan bog‘lanish:
Seminarlarga yozilish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:+998 (95) 195-66-77, 195-67-76, +998 (91) 787-67-27 (Telegram, Viber, WhatsApp)
Shuningdek, www.itegroup.info sayti, Facebook (International Travel Education Group), Twitter (ITE GROUP TASHKENT) va Instagram (Itegrouptashkent) ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalar orqali ham biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida