Rossiya prezidenti maslahatchisi Sergey Glazyev G‘arb sanksiyalari ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida ma’ruza tayyorladi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Taklif qilingan tadbirlar orasida yuridik shaxslar tomonidan valyuta sotib olinishini cheklash va qator mahsulotlar narxlarini muzlatib qo‘yish bor.
Glazyevning ma’ruzasi 15-sentabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashining Ijtimoiy va iqtisodiy xavfsizlik sohalaridagi muassasalararo komissiyasi majlisida taqdim etiladi.
Glazyevning takliflari pul-kredit siyosati, rubl kursi va narxlarni barqarorlashtirish, shuningdek, Rossiyaning xususiy qarzi to‘loviga aloqador.
Izoh (0)