Xotini tomonidan zanjirlab qo‘yilgan Xakasiya (Rossiya) fuqarosi bo‘g‘ilib o‘ldi. Bu haqda Respublika tergov boshqarmasi saytida xabar berilgan.
Sayanagorsk shahridagi kvartiralardan birida 57 yoshli erkakning jasadi topilgani to‘g‘risidagi xabar 3-sentabr, payshanba kuni kelgan. Bu jinoyatni sodir etishda marhumning xotini gumon qilindi.
Tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ichkilikka ruju qo‘ygan eri kvartiradan chiqib ketmasligi uchun ayol uni divanga o‘tqazib, zanjirning bir uchini radiator quvuriga bog‘lagan, ikkinchi uchini esa bo‘yni atrofida aylantirib, qulf solib qo‘ygan.
Ayolga nisbatan jinoiy ish ochilib, hech qayerga ketmaslik to‘g‘risida tilxat olindi.
Izoh (0)