4-sentabr, juma kuni Makedoniyaga Gretsiya orqali rekord darajadagi muhojir — 5600 kishi kelgan. Bu haqda BMTning qochoqlar masalasi bo‘yicha agentligi matbuot kotibi Melissa Fleming ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "Yevropeyskaya pravda".
Makedoniya qochoqlar uchun tranzit mamlakat hisoblanadi: uning hududi orqali muhojirlar Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlariga o‘tishga harakat qiladi.
Oldinroq mamlakat ma’murlari Gretsiya bilan chegarada favqulodda holat e’lon qilib, muhojirlarni o‘tkazmaslikka harakat qilgan, biroq keyinchalik yana chegaralarni ochishga majbur bo‘lgandi.
Izoh (0)