AQSh Adliya vazirligi mobil telefonlarni kuzatib borish uchun uyali retranslyatorlar simulyatorlaridan foydalanishga faqat tegishli ruxsatnoma bo‘lgandagina ijozat berilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Knews” xabar bermoqda.
Boeing korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va odatda Cessna yengil motorli samolyotiga o‘rnatiladigan apparatura uyali telefon minorasi kabi ishlaydi va bir martalik parvozi mobaynida minglab telefon egalarining manzilini uch metrgacha aniqlikda belgilaydi. Ba’zilari esa masofadan turib telefon signalini to‘sadi va undagi ma’lumotlar, jumladan, SMS-xabarlar va fotosuratlardan ko‘chirma oladi.
Ushbu dastur 2007-yildan beri Adliya vazirligining sud ijrochilari xizmati tomonidan foydalanib kelinmoqda. Uning yordamida ijrochilar tergov ostidagi shaxslarni kuzatib boradi. Shu bilan birga, ushbu muassasa ixtiyoriga tergovga umuman aloqasi bo‘lmagan kishilarning telefonlariga oid ma’lumotlar ham tushib qolmoqda.
Izoh (0)