AQSh prezidenti Barak Obama Alyaskaga tashrifining so‘nggi kunida mahalliy aholining milliy raqsini ijro etdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Mamlakat rahbari Dillengxem shahridagi maktabga tashrif buyurib, yorqin liboslarni kiyib olgan o‘quvchilar bilan birga raqsga tushdi. Prezidentning musiqa sadolari ostidagi harakatlari yomon chiqmadi. “Men shug‘ullanganman”, — dedi faxr bilan Obama.
Raqsdan so‘ng, Obama “bu yerda bo‘lib turganidan baxtiyor ekanligini” ma’lum qildi. AQSh prezidenti kelasi safar bu yerga turmush o‘rtog‘i Mishel hamda qizlari Sasha va Maliya bilan kelishga va’da berdi. O‘z navbatida, AQSh prezidenti yosh alyaskaliklarni o‘z an’analarini saqlab qolishga chaqirdi.
https://www.youtube.com/watch?v=OgoVGerJDvE&feature=youtu.be
Uchrashuv so‘ngida Obama bolajonlarga minnatdorchilik bildirib, Camai President Obama yozuvi fonida ular bilan birga suratga tushdi (camai — Alyaska xalqlarining an’anaviy salomlashuvidir).
Izoh (0)