O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yilning to‘rtta nufuzli turniridan biri, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionati yakkaligidagi ishtirokini yakunladi, deya xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Tennischi ikkinchi davra uchrashuvida dunyoning 20-raketkasi avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki ikki set 6:4 hisobida Tim foydasiga hal bo‘ldi. Uchinchi setning birinchi geymidan keyin esa Istomin jarohat sabab bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Endi Denis bor e’tiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi.
Izoh (0)