Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye Le Figaro TV Magazine jurnaliga bergan intervyusida Fransiyadagi barcha mol-mulkini sotish istagida ekanligini ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Jurnalistning qayerda yashashni mo‘ljallayotgani haqidagi savoliga Depardye ayni paytda Italiyada istiqomat qilayotgani, biroq keyinchalik Belаrusda, “oddiy dehqonlar orasida” yashashni ko‘zlayotgani, muhojirlar va fermerlar masalasida muammolarga duch kelayotgan Yevropaning kelajagidan xavotirda ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Depardye 2013-yilda Rossiya fuqaroligini olgan, ammo o‘z mamlakati pasportini ham saqlab qolgandi.
Izoh (0)