2-sentabr kuni Xanti-Mansiyskda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining boshlang‘ich turi shov-shuvli hodisalarga boy bo‘ldi. Bu haqda “12news.uz” xabar beradi.
Unda o‘zbekistonlik 13 yoshli Vohidov Shamsiddin shu yili xalqaro grossmeyster nomini qozongan 16 yoshli hindistonlik Kartxikeyana Muraliga qarshi qora donalarda o‘ynab, raqibini mag‘lub etdi.
3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi turda Vohidov Shamsiddin hindistonlik raqiblari bilan kurashni davom ettiradi. Bu safar u Sunildutx Lina Narayananga qarshi dona suradi.
Izoh (0)