Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angola ma’muriyati ikki yil davom etgan muhokamalardan so‘ng islomga e’tiqod qilishga taqiq qo‘yilishini uzil-kesil tasdiqladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Foto: ranchexpert.ru

Foto: ranchexpert.ru

 

Mamlakat madaniyat vaziri Roza Krus Silvaning ma’lum qilishicha, “islom Angola urf-odatlari va madaniyatiga zid bo‘lgani sababli unga rasmiy maqom berilishini Adliya vazirligi ma’qullamadi. Shu bois faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar ham yopiladi”.

Garchi Angola Konstitutsiyasi vijdon erkinligini kafolatlagan bo‘lsa-da, ma’murlar diniy jamoalar Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmoqda. Vazirlikda rasmiy ro‘yxatdan o‘tishga kamida 100 ming kishi e’tiqod qiladigan dinlargina haqli hisoblanadi. Aholisi, asosan, nasroniylardan iborat 16 millionli Angoladagi musulmonlar soni esa 90 mingdan oshmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar