National Geographic kvartiraga kanalizatsiya quvurlari orqali kirishga qodir kalamushlar haqidagi afsonalarni tekshirib ko‘rishga ahd qildi. Bu haqda "Populyarnaya mexanika" xabar bermoqda.
Uyga kanalizatsiya orqali kiruvchi kalamushlar haqidagi gaplar oddiy cho‘pchak emas: AQShning Oregon shtatidagi unchalik katta bo‘lmagan Portlend shahri aholisidan bir oy davomida hech bo‘lmaganda bir marta unitazdagi kemiruvchilar haqida tashvishli qo‘ng‘iroq yangraydi. Yirik shaharlarda ahvol qandayligini tasavvur etishingiz mumkin.
National Geographic o‘tkazgan tajribada kalamush chindan ham kanalizatsiya quvurlari orqali suzib, unitazgacha yetib bordi. Agar qopqog‘ini ochib qo‘yilsa, kalamush u yerdan chiqib olishi mumkin, ammo kemiruvchilar bilan kurashuvchi mutaxassislarning kalamushlar bu ishni o‘zlari uddalagan holatlardan ham xabarlari bor.
Izoh (0)