2-sentabr, chorshanba kuni Hindistonda o‘tkazilayotgan umummilliy ish tashlashda kamida 150 million kishi ishtirok etmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Turli soha xodimlarining kundalik ishlarini bajarishdan bosh tortganlari tufayli qurilish va transport to‘xtagan, ko‘plab do‘konlar va bank muassasalari yopilgan. Mahalliy hukumatning mamlakatdagi 10 ta yirik kasaba uyushmasi bilan muzokaralar natijasiz tugagani namoyishlarga sabab bo‘lgan.
Tashkilotchilar agar hukumat 12 banddan iborat talablarini bajarmasa, bir kunlik ish tashlash muddatsiz namoyishlarga aylanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Ular orasida narx-navo oshishi va ishsizlikka qarshi choralar ko‘rish, eng kam ish haqi hamda nafaqalar miqdorini ko‘tarish kabi talablar bor.
Izoh (0)