Taniqli portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘ziga mumdan haykal yasatishga 20 ming funt (30,7 ming dollar) sarfladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U 2013-yilda Madriddagi Mum haykallar muzeyiga o‘rnatilgan haykalning aynan nusxasidir. Yangi haykal “Real” hujumchisining Madrid g‘arbidagi villasidan joy oladi.
Muzeydagi haykal 30 yoshli futbolchiga shunchalik yoqib tushdiki, u xuddi shunaqasiga ega bo‘lishga qaror qildi va haykal muallifi Maykl Veydga murojaat qildi. Yangi mum haykal 2013-yildagisidan soch turmagi bilangina farq qiladi.
Izoh (0)