“Sberbank”ning Moskva shahridagi filiali hujum qilgan noma’lum shaxs o‘n million rublni olib qochdi. Bu haqda, Moskva shahar politsiyasiga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Bo‘limdan chiqib kelayotgan bankning 25 yoshli xodimasiga o‘g‘ri hujum qilib, to‘pponcha bilan tahdid qilgan va “Sberbank”ga kirib, pullarni olib qochgan. Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan “Bosqinchilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hujum natijasida bankning ikki xodimi jabrlangan, ular kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya jinoyatchining fotorobotini tayyorlagan, bosqinchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)