Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi (UEFA) raisi Mishel Platini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti etib saylanmagan taqdirda uyushma rahbarligi uchun navbatdagi muhlatga o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Bu haqda u Yevropada futbol mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan Monakodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

“Agar FIFA prezidentligiga saylovlarda g‘alaba qozona olmasam, UEFAdagi ushbu rahbarlik muhlatim oxirgisi bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Platini. 2015-yil martida u UEFA prezidentligiga uchinchi to‘rt yillik muhlatga saylangan, 29-iyulda esa FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylovlar 2016-yil, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda