Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi (UEFA) raisi Mishel Platini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti etib saylanmagan taqdirda uyushma rahbarligi uchun navbatdagi muhlatga o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Bu haqda u Yevropada futbol mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan Monakodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Agar FIFA prezidentligiga saylovlarda g‘alaba qozona olmasam, UEFAdagi ushbu rahbarlik muhlatim oxirgisi bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Platini. 2015-yil martida u UEFA prezidentligiga uchinchi to‘rt yillik muhlatga saylangan, 29-iyulda esa FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘ygan edi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylovlar 2016-yil, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)