O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 28-avgust kuni tongda xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etish uchun Slovakiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa yig‘ini 27-avgust kuni boshlandi va ular “Jar” sport majmuasining ikkinchi futbol maydonida mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Ushbu turnirda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq olimpiya terma jamoasining ushbu musobaqada ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilingandi.
Izoh (0)