Facebook foydalanuvchilaridan biri Toshkentdagi old tomonidan hashamatli ko‘rinadigan, orqa tomoni esa mudhish manzarali restoranlardan nolidi.
“Sergelida yaqinda yangi restoran-kafe ochildi. Old tomoni va ichkarisi ham did bilan bezalgan. Uyim kafe binosining orqa tomonida joylashgan, va ularning kartoshka-piyozlarni qanday sharoitlarda tozalashini ko‘rish mumkin”, — deya foydalanuvchi dalil sifatida o‘zi olgan suratlarni ilova qilgan.
Suratlarda kafe xodimasi sement yo‘lakda sabzavotlar archiyotganini, uning yonginasida esa hojatxonaning chala qurilgan binosini ko‘rish mumkin.
Postga izoh yozganlarning ko‘pchiligi buni oddiy hol deb qabul qilgan. Muallifning o‘zi restoranlarda oshxonani ko‘rib turish va taomlar qanday sharoitda tayyorlanayotganidan voqif bo‘lish mumkin bo‘lgan ulkan shaffof oynalar o‘rnatishni taklif qildi.
Izoh (0)