Bir necha kundan buyon Malibuda Vudi Allenning yangi filmi sahnalaridan biri suratga olinmoqda, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Unda bosh rollarni Kristen Styuart va Jessi Ayzenberg ijro etmoqda. Tasvirga olish jarayonlaridan birida, ho‘l toshlarda oyog‘i sirpanib ketgan 79 yoshli mashhur rejissor, uncha katta bo‘lmagan qoyalarning biridan yiqilib tushdi.
Allenga yordamga shoshilgan aktyor Jessi Ayzenberg Vudini tuzoqdan chiqarib oldi. Oyog‘iga jarohat yetgan kino arbobi, suratga olish jarayonini to‘xtatib qo‘ymaslik maqsadida, kasalxonaga borishdan bosh tortdi.
Izoh (0)