AQSh prezidenti Barak Obama Amsterdam—Parij tezyurar poyezdida o‘t ochgan jinoyatchini zararsizlantirgan amerikalik harbiylar va boshqa yo‘lovchilarga fidokorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
21-avgust, juma kuni Amsterdamdan Parijga yo‘l olgan Thalys tezyurar poyezdida noma’lum shaxs o‘t ochdi. Natijada uch kishi jabrlandi. Jinoyatchi yo‘lovchilar, jumladan, ikki nafar amerikalik harbiy tomonidan zararsizlantirildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, harbiylardan biri o‘qdan, boshqasi esa pichoqdan yaralangan.
Izoh (0)