Farg‘onada o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Fergana Cup – 2015 xalqaro turnirida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar qiladi O‘zA.
Jumladan, o‘smirlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida uchinchi raqamda saralangan Humoyun Sultonov hal qiluvchi musobaqada yana bir o‘zbekistonlik Saida’lo Saidkarimovni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Juftliklar o‘rtasidagi final bahsi ham o‘zbekistonlik tennischilar ishtirokida bo‘ldi. Amal Sultonbekov va Azizjon Turg‘unov dueti Sharobiddin Abzalov va Humoyun Sultonov juftligini 6:3, 7:5 hisobida yengib, turnir g‘olibiga aylandi.
Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida o‘zbekistonlik Kamola Umarova va rossiyalik Kamila Rahimova finalda qozog‘istonlik raketka ustalari Go‘zal Aynitdinova va Jibek Qulambayevani 2:6, 6:2, 11:9 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)