Belаrus prezidenti Aleksandr Lukashenko dam olish kunlarining bir qismini o‘zining qarorgohida hosil yig‘im-terimiga sarfladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati 16-avgust, yakshanba kuni xabar qildi.
Lukashenko o‘zining kichik o‘g‘li Nikolay bilan birga mehnat qildi.
“18 sotix maydonni bir yarim soatda uddaladik. 70 qop kartoshka miqdoridagi hosil bizni quvontirdi”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda barcha to‘plangan mahsulotlar bolalar uyi va qariyalar uyiga beriladi.
Shuningdek, prezident qarorgohida poliz ekinlaridan tarvuz va qovunlarning yig‘imi boshlandi.
Izoh (0)