AQShning Sinsinnati shahrida tennis bo‘yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 4,45 million dollardan ortiq musobaqaning saralash bahslari boshlandi. “Olamsport.com” xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Denis Istomin mazkur turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
Ayni paytda dunyo reytingida 70-o‘rinni egallab turgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sinsinnati turniri saralashining ilk davrasida slovakiyalik Blaj Rolaga qarshi kortga chiqib, 1:6, 7:6(6), 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
16-avgust, yakshanba kuni Istomin asosiy to‘rga chiqish uchun germaniyalik Aleksandr Zverev bilan bahslashadi. Zverev saralash bosqichida hamyurti Benjamin Bekkerni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etgan.
Izoh (0)