“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya Superkubogining dastlabki o‘yinidan o‘rin olgan “Atletik” (0:4) jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
“O‘yinimiz o‘xshamadi. Ba’zi o‘rinlarda omad bizga kulib boqmadi. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi epizodlarda jamoamiz yaxshi harakat qildi. Biz javob o‘yinida qanday qilib to‘rtta gol kiritish haqida qayg‘urishimiz kerak.
Ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. Ammo xatolar ham futbolning bir qismi hisoblanadi. Men o‘yin natijasi va tarkibni rotatsiya qilishga mas’ulman. Ammo hozir bahonalar topadigan payt emas. Ishlash kerak”, — deydi Enrike.
Izoh (0)