Pekinda uzun egma qilich bilan qurollangan erkak to‘satdan o‘tkinchilarga tashlanishi oqibatida xitoylik ayol o‘ldirildi va bir fransuz yaralandi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Hodisa Xitoy poytaxtidagi Uniqlo do‘koni oldida yuz berdi. Politsiyachilarning aytishicha, noma’lum kimsa hech bir sababsiz ikki o‘tkinchiga qilich bilan tashlangan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi, ulardan biri —ayol o‘sha yerda olamdan o‘tgan. Politsiya hujum qilganni qo‘lga oldi: u Szilin provinsiyasida istiqomat qiluvchi 25 yoshli Gao familiyali shaxs bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)