Iqlim isishi tufayli XXI asrda muzliklarning erishi tezlashdi. Syurix universiteti qoshidagi Butunjahon muzliklarni kuzatish xizmati shunday xulosaga keldi, deya xabar beradi “TASS”.
Tadqiqotchilar dunyodagi bir necha yuz muzlik holati haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi va XX asrda olingan shunday manbalar bilan solishtirdi. “Kuzatilgan muzliklarning qalinligi yiliga o‘rtacha yarimdan bir metrgacha kamayib bormoqda, — deydi The Journal of Glaciology maxsus nashrida chop etilgan ilmiy tadqiqot hammualliflaridan biri Mixael Zemp. — Bu raqamlar o‘tgan yuz yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki—uch marta oshiqdir”.
Olimlar 2010—2014-yillarda olgan dastlabki ma’lumotlar muzliklarning jadal erish jarayoni to‘xtamaganidan dalolat bermoqda. 1998-yilda qayd etilgan XX asr rekordi keyingi o‘n besh yil davomida bir necha bor yangilandi.
Izoh (0)