Niderlandiya xavfsizlik va adliya vaziri Ard van der Styor hukumatning Malaysia Airlines kompaniyasining Boeing 777 samolyoti halokatidan keyingi harakatlari haqidagi hujjatlarni oshkor etishdan bosh tortdi. Bu haqda vazirlikka shunday ma’lumotlar bilan tanishish to‘g‘risida talabnoma jo‘natgan RTL News telekompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Vazir o‘z javobida ushbu halokat jamiyatda qanday bahslar uyg‘otganidan qat’iy nazar, axborotning maxfiyligi o‘z kuchini yo‘qotmasligi, OAVdan so‘rov kelib tushgani esa jamoatchilik yashirin ma’lumotlar bilan tanishishiga ijozat berilishini anglatmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, samolyot qulashi oqibatida 192 nafar fuqarosi halok bo‘lgan Niderlandiya xalqaro tekshiruv jarayonini nazorat etib bormoqda.
Izoh (0)