Niderlandiya hukumati malayziyalik “Boing”ning MH17 reysidagi halokati bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni oshkor etishni rad etganligi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar beradi.
Niderlandiya xavfsizlik kengashining matbuot kotibi Sara Fernoy bir qator OAV ma’lumotlariga sharh berdi.
“Biz yakuniy hisobotni oktabr oyida chop etishni rejalashtirdik. Hech narsa o‘zgarmadi. Biz halokat sabablari haqidagi xulosalar, samolyot uchgan yo‘nalish, shuningdek, yo‘lovchilar ro‘yxatini chop etamiz”, — deydi Fernoy.
Izoh (0)