Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy xizmatchilari mashg‘ulotlar vaqtida Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening surati tushirilgan nishonni o‘qqa tutdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Shimoliy Koreya davlat televideniyesi tomonidan namoyish etilgan kadrlarda siyosatchilarning suratlari tushirilgan beshta nishon o‘qqa tutilganini ko‘rish mumkin. Tasvirlar tiniq bo‘lmasa ham, ulardan birida Janubiy Koreya prezidenti aks etgani aytilgan.
Boshqa suratlardagi odamlar kimligi aniqlanmagan, biroq ular Janubiy Koreya siyosiy elitasi vakillari ekanligi taxmin qilingan. Nishonlar ortida “Amerikalik imperialistlarga o‘lim” yozuvi bo‘lgan. Janubiy Koreya matbuoti Pxenyanning bu harakatlarini Seulga qarshi dushmanlik munosabatlarini kuchaytirishga qaratilgan tashviqot, deb baholagan.
Izoh (0)