BMT vakili Tojikiston hukumatini millionlab fuqarolarini toza ichimlik suvi va sanitariya sohasidagi xizmatlar bilan ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda “News.tj” xabar beradi.
“Tojikiston suv resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha peshqadamlik qiladi. Endilikda hukumat fuqarolarini ichimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan ta’minlash masalasida ham birinchilikni egallashi lozim”, — deydi BMTning toza ichimlik suvi va sanitariyaga bo‘lgan huquqlar masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Leo Xeller.
BMT ma’ruzachisi bugungi kunda Tojikistonning bir qator maktablari va tibbiy muassasalarida suv va sanitariya xizmatidan foydalanish imkoniyati yo‘qligini ta’kidladi. Qishloq hududlarida 90 foizdan ortiq aholi o‘zlari qurgan, handaqli ko‘cha hojatxonalaridan foydalanadi.
Shu o‘rinda Tojikistonning tegishli organlari mamlakat aholisini toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash uchun respublikaga ikki milliard dollar mablag‘ va 80 yil kerak bo‘lishini ma’lum qildi.
Izoh (0)