BMTning Bolalar jamg‘armasi — YuNISEF O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 50 dan ziyod oromgohida bola huquqlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot beruvchi ma’rifiy dasturlar o‘tkazdi. Ularda taxminan 120 ming bola ishtirok etdi. Bu haqda Kasaba uyushmalari federatsiya matbuot xizmatiga tayanib, “Uzdaily.uz” xabar bermoqda.
Dasturlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi, shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada rivojlantirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga qaratilgan suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)