Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Moskva markazidagi Kuznetskiy most ko‘chasida qoldirilgan va yo‘lni ta’mirlovchilarga xalal berayotgan oq Audi avtomobilini qizg‘in muhokama qilmoqda, deb xabar berdi “Tjournal.ru”.
Mashinani evakuatsiya qilish o‘rniga, uning har tarafi qazib tashlangan va u kichik asfalt “orolcha”da qolib ketgan. Guvohlar avtomobilning fotosuratlari va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda chop eta boshlagan.
Izoh qoldirganlarning aksariyati mashina egasiga achinib, Rossiyada yo‘llar “behuda va ayovsiz” ta’mirlanishidan noligan. Eskiroq suratlardan mashina egasida uni olib ketish uchun bir soatdan ko‘proq vaqt bo‘lganini bilish mumkin.
Izoh (0)