Qozog‘istonda 2015-yilning 1-iyul holatiga har ming nafar aholiga o‘rtacha 229 ta avtomobil to‘g‘ri kelishi aniqlandi, deb xabar beradi “Tengrinews.kz” Rossiyaning “Avtostat” agentligi o‘tkazgan tadqiqot ma’lumotlariga tayanib.
Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston ko‘rsatkichi har ming nafar aholiga 284 ta avtomobil to‘g‘ri keluvchi Rossiya davlati ko‘rsatkichidan pastroq hisoblanadi. Biroq Ukrainada bu ko‘rsatkich 162 ta avtomobilga to‘g‘ri keladi.
Shunga qaramasdan, MDH mamlakatlari ko‘rsatkichi har ming nafar aholiga o‘rtacha 799 ta avtomobil to‘g‘ri keluvchi AQSh va Yevropa davlatlari ko‘rsatkichlaridan ancha ortda qoladi.
Izoh (0)