O‘tgan dam olish kunlarida Eron janubida havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 74 darajaga chiqib, kuzatuvlar davridagi rekordni yangiladi, deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.
Rekord ko‘rsatkich Xuziston viloyatidagi Bandar Mahshahr shahrida kuzatilgan. Ushbu hududda suvning harorati 33 darajagacha ko‘tarilgan.
Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu haftada Eron janubida havo harorati 50 darajadan pastga tushmaydi. Aholi uylardan chiqmaslikka va ko‘p suv ichishga harakat qilyapti.
Yerdagi eng issiq harorat 2003-yilda Saudiya Arabistonida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Selsiy shkalasi bo‘yicha 81 daraja issiq kuzatilgan.
Izoh (0)