AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning sog‘lig‘i joyida va prezidentlik vazifalarini bajarishga qurbi yetadi. Bu haqda 31-iyul, juma kuni kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan asosiy nomzod sanalayotgan siyosatchining shaxsiy shifokori Liza Bardek ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shifokor 67 yoshli Klinton 2012-yil dekabrida, davlat departamentini boshqarib turgan paytda hushidan ketib yiqilganidan keyingi miya chayqalishi asoratlaridan 2013 yildayoq to‘liq xalos bo‘lganini ta’kidladi.
Shuningdek, Bardekning bayonoti orqali 1998 va 2009-yillari Hillari Klintonda gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining susayishi), mavsumiy allergiya va tomirlar trombozi kabi kasalliklar qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)