Nyu-Dehlidan Milanga yo‘l olgan Air India aviakompaniyasi samolyoti bortida kalamush borligi taxmin qilingani tufayli parvozdan ikki soat o‘tgach ortiga qaytdi. Bu haqda Agence France-Presse agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
"AI 123 reysi bortda kalamush borligi taxmin qilinganligi uchun Nyu-Dehliga qaytdi", — deya ma’lum qildi agentlikka aviakompaniya vakili. Keyinroq kemiruvchi borligi haqidagi ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmaganligi to‘g‘risida bayonot berildi.
Kalamushlar aviaparvozlar xavfsizligiga jiddiy xavf soladi, chunki simlarni g‘ajib tashlashi va boshqaruv tizimini ishdan chiqarishi mumkin. Ko‘pincha ular yo‘lovchilarga oziq-ovqat tashiydigan aravachalarga yashiringan bo‘ladi.
Izoh (0)