Yevropa Ittifoqi 1,5 yashar bolakay nobud bo‘lishiga olib kelgan Iordan daryosi chap qirg‘og‘idagi falastinliklar uyiga o‘t qo‘yilishini qoralaydi va zudlik bilan ushbu fojia tafsilotlarini o‘rganishga chaqiradi. Bu haqda YeI tashqi ishlar oliy vakili Federika Mogerini nomidan tarqatilgan bayonotda ta’kidlangan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
31-iyul, jumaga o‘tar kechasi noma’lum kimsalar Iordan daryosi chap qirg‘og‘idagi falastinliklar qishlog‘idagi uyga o‘t qo‘ygan. Bir yarim yashar bola hayotdan ko‘z yumdi, uning ota-onasi va 4 yoshli akasi og‘ir kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Isroil ma’murlari qishloqqa hujumni terakt deb baholadi va bunga aybdor bo‘lganlarni tezroq topish uchun barcha imkoniyatni ishga solishga va’da berdi. Falastin esa mazkur hodisa va Isroilning bosib olingan hududlardagi xatti-harakatlari yuzasidan Xalqaro jinoiy sudga murojaat etishga qaror qildi.
Izoh (0)