Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida mehribonlik uylaridan birining tarbiyachisi muassasaga bepul konditsioner o‘rnatib bergan kishiga minnatdorchilik izhor etilgan xabar qoldirdi.
Unda yozilishicha, aynan “Potrebitel.uz” guruhida oldinroq mehribonlik uyi uchun arzonroq narxda konditsioner sotish so‘ralgan murojaat qoldirilgan. Guruh foydalanuvchilaridan biri tarbiyachi bilan bog‘lanib, tez orada yangi konditsioner olib borib, o‘rnatib bergan va evaziga faqatgina o‘z ismi oshkor etilmasligini so‘ragan.
Ushbu xabar ostiga izoh qoldirgan guruh foydalanuvchilari ismini oshkor etishni istamagan saxiy insonni maqtovlarga ko‘mib tashlagan. Xabarga bolalar konditsioner o‘rnatilgan xonada tushgan fotosuratlar ham ilova qilingan.
Izoh (0)