Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tayotgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 128-sessiyasida 2022-yilgi XXIV qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Pekin shahri ovoz berish jarayonida g‘olib chiqdi va 2022-yilning 4—20-fevral kunlari o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi XXIV qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun Qozog‘istonning Olma-Ota shahri ham da’vogarlik qilgan edi.
Ushbu yig‘ilishda, shuningdek, 2020-yilgi o‘smirlar qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi shahar nomi e’lon qilindi. Mazkur musobaqalar Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Izoh (0)