Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir o‘z yakuniga yetib boryapti. Mazkur musobaqada bir guruh o‘zbekistonlik tennischilar ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazyapti, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Ulardan Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov juftliklar musobaqasining yarim finaliga yo‘llanma olgandi. Koreyalik Yun Seong Chang bilan tandem hosil qilgan Jo‘rabek Karimov yarim final bahsida xorvatiyalik Franko Shkugor va Xitoy Taypeyi vakili Ti Chendan 6:0, 7:6 hisobida ustun keldi.
Yana bir o‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev esa rossiyalik Markos Kalovelonis bilan birga yarim finalda rossiyalik Konstantin Kravchuk va moldovalik Denis Molchanov juftligiga 6:3, 5:7, tay-brekda 5:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Sanjar Fayziyev va Temur Ismoilov ushbu turnirning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida, Jo‘rabek Karimov esa ilk bosqichda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)