Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘ziga nisbatan ko‘plab suiqasdlar tayyorlanishini, biroq bu haqda gapirmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Juda ko‘p suiqasdlar bo‘lgan, men faqat ular haqida gapirmayman, bu noqulay. Bir necha oy oldin bo‘lgandi, Chyornorechyeda, to‘rt oycha oldin. O‘sha yerdagi quvurga bomba qo‘yilgan. ‘Grozniy dengizi’ yonidagi investitsiya maydonchasiga bomba qo‘yilgan”, — dedi Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holatlarda Hamzat Bityukayevga qarashli jangarilar guruhi harakat qilgan.
Izoh (0)